В
Все
Х
Химия
В
Видео-ответы
А
Алгебра
Г
Геометрия
О
ОБЖ
Д
Другие предметы
У
Українська література
Р
Русский язык
Б
Беларуская мова
У
Українська мова
Э
Экономика
Ф
Физика
М
Математика
Ф
Французский язык
Г
География
И
Информатика
М
МХК
О
Окружающий мир
П
Психология
Н
Немецкий язык
О
Обществознание
П
Право
И
История
М
Музыка
Л
Литература
Қ
Қазақ тiлi
Б
Биология
А
Английский язык
Andriy1208
Andriy1208
04.04.2021 16:21 •  Другие предметы

Odobli bo‘ling O‘zingizdan kattalarga yo‘l bering. Ularga avtobus va boshqa joy-
larda o‘rin bering. Yoningizdagi kishining biror narsasi yerga tushib
ketsa, uni darhol olib bering.
Uyda odamlar oldida taltayib yotmang, stul, divanda yastanib
o‘tirmang, qo‘lni orqaga qilib yoki cho‘ntakka tiqib, kekkayib turmangXushmuomala bo‘ling. Baqirib, jerkib, qo‘lni paxsa qilib yoki
birovni qo‘l bilan ko‘rsatib so‘zlashmang, qo‘rslik qilmang. Har kuni
ertalab ota-onangizga, aka, opalaringizga salom bering. O‘zingizdan
kattalarni ko‘rganingizda, albatta, salom bering. Kattalarning gapiga
aralashmang, kattalar qo‘l uzatsalargina ular bilan qo‘l berib ko‘rishing.
„Marhamat“, „rahmat“, „ruxsat eting“, „iltimos qilaman“, „kechi-
rasiz“, „uzr“ kabi so‘zlarning qachon aytilishini bilib oling. Yomon,
uyat gaplarni aytmang. Oqsoq, g‘ilay, soqov va boshqa kamchiligi
bo‘lgan kishilarni masxara qilmang, boshqalarga laqab qo‘ymang.
(Donolar bisotidan)
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Odobli bo‘lmoq uchun yana nimalar qilish kerakligini so‘zlab
bering.
2. Jamoat joylarida yoshlarning o‘zlarini tutishlari haqida nima
deya olasiz?
3. Barkamol inson qanday bo‘lishi kerak?
4. Matn asosida o‘z fikringizni bildiring. ​

Ответ:
RafSW
RafSW
12.03.2021 11:18

1. Kattalarni ham, kichiklarni ham hurmat qilish, ziyrak va chaqqon bo'lish kerak.

2. Hozirgi kunda ko'p yoshlar jamoat joylarida o'zini qanday tutish kerakligini unutib qo'ymoqda.

3. Barkamol inson aqlli, odobli, hushmuomala va boshqa ko'p hislatlarga ega bo'lishi kerak.

4. Odob — inson bezagi. Odobni saqlay olish bu juda katta aql belgisi. Kishi odobli bo'lsa ishlari tez bitadi, insonlar bilan tez muomala qura oladi.

0,0(0 оценок)
Популярные вопросы: Другие предметы
Полный доступ
Позволит учиться лучше и быстрее. Неограниченный доступ к базе и ответам от экспертов и ai-bota Оформи подписку
logo
Начни делиться знаниями
Вход Регистрация
Что ты хочешь узнать?